Loyihalar
Har bir loyihada bitta aniq muammo va uni hal qilgan qaror bor. Batafsil ma'lumot va demo uchun yozing.
Qahvadosh
Mentor va o'rganuvchini bir chashka qahva ustida uchrashtiradigan platforma. O'z mahsulotim: Next.js 16 frontend, NestJS backend, PostgreSQL, Telegram orqali kirish va bildirishnomalar, Docker bilan deploy. Uch tilli, to'liq SEO va statik render.
- Next.js 16
- NestJS
- PostgreSQL
- Telegram Bot API
- Docker
Qishloq xo'jaligi LMS platformasi
Fermerlar va agronomlar uchun mobil-birinchi o'quv platformasi. HLS video striming, tuzilmali kurslar, testlar va real vaqtdagi analitika. Next.js SSG tufayli darslar qidiruvdan topiladi, LCP 1.7 soniya.
- Next.js
- HLS video
- Node.js
- MongoDB
- SSG
Karantin agentligi CRM
2000 dan ortiq foydalanuvchi ishlaydigan davlat CRM tizimi: tadbirkorlar bilan ishlash, hujjat aylanishi, rollar va ruxsatlar. 12 tumandagi ma'lumotlar Leaflet.js xaritasida real vaqtda ko'rinadi. Qo'lda bajariladigan ish ~40% qisqardi.
- React.js
- Node.js
- Express.js
- MongoDB
- Leaflet.js
CityFuel CRM
Yuk tashish kompaniyalari uchun yoqilg'i chegirmalari, hisob-fakturalar va logistikani boshqaruvchi tizim. Kuniga 50+ faol foydalanuvchi. Optimizatsiyadan keyin yuklanish 20–30% tezlashdi.
- React.js
- Webpack
- Angular 15
Qaysi biri sizga mos ekanini bilmayapsizmi?
Loyihangizni qisqacha yozing — bepul maslahat beraman va nima kerakligini birgalikda aniqlaymiz.
Yozish